Hujjat · IntoSMM

Foydalanish shartlari

IntoSMM botidan foydalanishdan oldin quyidagi shartlar bilan tanishing.

Oxirgi yangilanish: 2026-yil

01Umumiy qoidalar

IntoSMM — ijtimoiy tarmoqlar uchun xizmatlar (obunachi, ko‘rish, layk), virtual raqamlar hamda Telegram Stars va Premium taqdim etuvchi Telegram boti.

Botdan foydalanish ushbu shartlarga to‘liq rozilik bildirilgan deb hisoblanadi. Agar shartlarning birortasiga rozi bo‘lmasangiz, botdan foydalanmang.

02Xizmatlar tabiati

  • SMM xizmatlari avtomatlashtirilgan tizimlar orqali taqdim etiladi va ijtimoiy tarmoq qoidalariga to‘liq mos kelmasligi mumkin.
  • Foydalanuvchi xizmatlardan o‘z ixtiyori va o‘z javobgarligi asosida foydalanadi.
  • Ko‘rsatkichlar vaqt o‘tishi bilan qisman kamayishi mumkin — bu ijtimoiy tarmoqlarning tabiiy holati.

03To‘lov va balans

  • Buyurtmalar faqat hisobdagi balans hisobidan amalga oshiriladi.
  • To‘lov usullari: Click, UzCard, Humo va bank kartalari.
  • To‘lov foydalanuvchi tomonidan ongli ravishda amalga oshiriladi.

Hisobga kiritilgan mablag‘ qaytarib berilmaydi. Iltimos, hisobni faqat kerakli miqdorda to‘ldiring.

04Buyurtma va ma’lumotlar

  • Buyurtma berishda havola, username yoki miqdorning to‘g‘riligi uchun foydalanuvchi javobgardir.
  • Noto‘g‘ri havola, yopiq (maxfiy) profil yoki xato username kiritilsa, mablag‘ qaytarilmaydi.
  • Virtual raqam, Stars va Premium xizmatlarida buyurtma yuborilgach bekor qilinmaydi.

05Raqam, Stars va Premium

  • Virtual raqamlar vaqtinchalik bo‘lib, asosan Telegram aktivatsiyasi uchun mo‘ljallangan.
  • Stars va Premium ko‘rsatilgan username egasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuboriladi — username to‘g‘riligini tekshiring.
  • Xizmat muvaffaqiyatli bajarilmasa, mablag‘ hisobingizda saqlanadi.

06Referal dasturi

  • Do‘st taklif qilinganda bonus beriladi.
  • Bonuslardan g‘irrom (soxta hisoblar, o‘zini-o‘zi taklif qilish) yo‘l bilan foydalanish taqiqlanadi.
  • G‘irromlik aniqlansa, bonuslar bekor qilinishi va hisob bloklanishi mumkin.
  • Haftalik referal konkurs: har bir taklif qilingan do‘st uchun olmos (💎) beriladi. Konkurs haftasi dushanba soat 17:30 da boshlanib, keyingi dushanba 17:30 da yakunlanadi.
  • Mukofot faqat belgilangan minimal olmosni yig‘gan ishtirokchilarga, reytingdagi o‘rni bo‘yicha beriladi. Joriy mukofotlar, shartlar va reyting botda hamda bosh sahifada ko‘rsatiladi.
  • Soxta yoki botni darhol bloklagan takliflar tekshiriladi; aniqlansa, olmoslar va mukofot bekor qilinadi.

07Soxta botlar va xavfsizlik

  • Faqat rasmiy havoladan foydalaning: @IntoSMMBot.
  • Soxta botlar yoki uchinchi shaxslar orqali yetkazilgan zarar uchun ma’muriyat javobgar emas.

08Mas’uliyat chegarasi

  • Ijtimoiy tarmoq tomonidan hisobga cheklov qo‘yilsa, ma’muriyat javobgar emas.
  • Har bir foydalanuvchi o‘z buyurtmasi uchun shaxsan javobgardir.

09Shaxsiy ma’lumotlar

  • Bot saqlaydi: Telegram ID, telefon raqami, balans va buyurtmalar tarixi.
  • Ma’lumotlar faqat xizmat sifatini oshirish va xavfsizlik uchun ishlatiladi.
  • Shaxsiy ma’lumotlar uchinchi shaxslarga berilmaydi.

10Nizo va shikoyatlar

  • Shikoyat uchun buyurtma raqami yoki skrinshot bilan murojaat qiling: @IntoSMMHelp.
  • Murojaatlar imkon qadar tezroq ko‘rib chiqiladi.

11Yakuniy qoidalar

  • Shartlar istalgan vaqtda yangilanishi mumkin.
  • Botdan foydalanishni davom ettirish yangi shartlarga rozilik sifatida qabul qilinadi.
← Bosh sahifaga qaytish